Jamiyat | 18:19 / 17.03.2016
4317
2 daqiqa o‘qiladi

Shahnozabonu so‘nggi qo‘shig‘ini marhuma onasiga bag‘ishlagani ma'lum bo‘ldi

Yosh ijodkor Bekpo‘lat Baxtiyor bundan roppa-rosa bir yil avval yozgan she'rini xonanda Shahnozabonu kuylab chiqqanini va bu qo‘shiqni radio, televideniyelar orqali muxlislarga taqdim etishga ulgurmaganini ma'lum qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Bekpo‘lat Baxtiyor:

— “Mehringizdan aylanay” nomli she'riy to‘plamimdan o‘rin olgan “Mehringizdan aylanay” nomli she'rim Shahnoza opaga juda yoqib qolib, qo‘shiq qildilar. “Musiqasini o‘zim bastaladim, bu qo‘shiq uchun ko‘plardan yaxshi fikrlar eshityapman, nasib qilsa klip olaman”, – degandilar. Afsus, Shahnoza opa tiriklik chog‘ida bu qo‘shiqni ommaga taqdim etishga ulgurmadi. Qo‘shiqni ulardan qolgan eng so‘nggi yodgorlik sifatida muxlislariga taqdim etishni o‘z vazifam deb bildim.

Onajonim, jonajon o‘zingizdan aylanay,
Bolam deb erkalagan so‘zingizdan aylanay.
Xato qilsam hamisha to‘g‘ri yo‘lga solarsiz,
Ortingizdan borarman izingizdan aylanay.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahnozabonu 14 mart kuni 42 yoshda olamdan o‘tdi.