Xalqaro savdo-sotiq böyiça Ukraina mahkamalararo komissiyasi Özbekistondan import qilinadigan avtomobillarga qöyilgan maxsus bojni bekor qildi. Bu haqda payşanba kuni «Uryadoviy kurer» («Hukumat kureri») gazetasiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar qildi.
Avtomobillar bojxona narxining (kodlari UTK TIF 8703 21 10 00, 8703 22 10 00 va 8703 23 19 10) 12,12 foiz miqdoridagi maxsus boj ötgan yilning 5 dekabrida joriy etilgan edi.
Fevral oyida Özbekiston Ukrainadan kirib kelayotgan mahsulotlarga nisbatan 1 iyulda tatbiq etilgan qöşimça import yiğimini bekor qilgani töğrisida xabar berilgan edi.











