Toşkentdagi «Özekspomarkaz»da 23-25 mart kunlari VIII xalqaro Uzbekistan Industrial Forum-2016 sanoat forumi bölib ötadi.
«Jahon» AA xabariga köra, IEG Uzbekistan tomonidan taşkillaştirilgan forum oltita sanoat körgazmasi — UzSpectechExpo-2016, UzMetalMashExpo-2016, UzMiningExpo-2016, UzSecureExpo-2016, UzChemPlastExpo-2016 va UzAutomationExpo-2016`ni özida birlaştirdi.
Körgazmalarda dunyoning 15 mamlakati, jumladan, Avstraliya, Armaniston, Germaniya, Eron, Italiya, Qozoğiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Özbekiston, Ukraina, Finlyandiya va Şveytsariyaning 60dan ziyod kompaniyalari iştirok etmoqda.
«Turli körgazmalarni Uzbekistan Industrial Forum`da birlaştiriş sanoatning yetakçi sohalarini qamrab olişga imkon beradi», — dedi loyiha rahbari Svetlana Denisova.
Uning sözlariga köra, forumda xorijiy iştirokçilarning uluşi 60 foizdan kam emas.











