Bollivud superyulduzi Şoxrux Xon iştirokidagi yangi “Muxlis” (Fan) filmi 25 yoşli bolaning noodatiy hikoyasiga asoslangan. Filmda Gaurav ismli yigit maşhur yulduz Aryan Kxannaning aşaddiy muxlisi bölib, uni hatto öz xudosidek köradi.
U öz orzusini amalga oşiriş va sevimli aktyorini tuğilgan kuni bilan tabriklaş maqsadida Dexlidan Mumbay tomon yöl oladi. Qiziği şundaki, Gauravning taşqi körinişi Aryan Kxannaga ikki tomçi suvdek öxşaş böladi.
Afsuski, hayotda doim ham biz öylagan işlar bölavermaydi. Voqealar Gauravning rejasi böyiça davom etmaganligi sababli, uning orzusiga bölgan muhabbati xavfli nafratga aylanadi.
“Muxlis” filmining rejissyori Maniş Sharma (Maneesh Sharma) va prodyuseri Aditya Chopra (Aditya Chopra) bölib, uning jahon kinoteatrlaridagi premerasi joriy yilning 15 aprel sanasida bölib ötdi. Zamonaviy texnologiyalar, maxsus effektlar va grim tufayli Gauravga aylangan Şoxrux Xon muxlislarini hayratda qoldirgan bölişi tabiiy.

Ommaning qayd etişiça, “Muxlis” kartinasi ajoyib va qiziqarli voqealarga asoslangan bölib, uning ssenariysi qoyilmaqom tarzda yozilgan. Film tomoşabinni boşidan to oxirigaça jalb eta oladi va ikkinçi qism butunlay özgaça, kutilmagan sahnani namoyon qiladi. Aynan şu sahna filmning eng kulminatsion nuqtasiga aylanadi. Şoxrux Xon “Muxlis”da ikkita boş qahramon rolini ham özi ijro etgan. Superyulduz, şubhasiz, mazkur filmni öz ijodining yana bir yorqin va eng yaxşi kino namunasiga aylantira olişga muvaffaq bölgan.
Filmning Hindiston va dunyo böylab premerasidan söng köplab tomoşabinlar öz tvitterlarida “Muxlis” haqidagi fikr-mulohazalarini qoldirişgan. Quyida ba'zi tomoşabinlarning film haqidagi fikrlari bilan tanişişingiz mumkin:
Sidxu @sidhuwrites:
“Muxlis” juda ajoyib film. Bu sönggi davr içidagi Şoxrux Xon iştirok etgan eng ta'sirli filmdir. Fantastik film. Muxlis va uning ideal yulduzi örtasidagi qonli töqnaşuv inson hissiyotlarini junbuşga keltiradi. Tavsiya etaman! “Muxlis” Şoxrux Xonning “Olğa, Hindiston” filmi kabi eng sara filmlari qatoriga kirişi aniq. Balki film köngiloçar mavzularni huş köruvçilarga yoqmasligi mumkin, biroq bu aktyor mahoratini yana bir bor baholaş imkonini beradi. Filmni tomoşa qiling, bu Şoxrux Xon ijrosidagi avvalgi muvaffaqiyatsiz “Sevişganlar” (“Dilwale”) kartinasini unutişga yordam beradi. Men ham ayni damda mazkur filmni yana bir körişni rejalaştirdim”.








