Özbekiston prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 8 apreldagi qaroriga köra, "Özulgurjisavdoinvest" uyuşmasi meva va sabzavot mahsulotlarini tayyorlaş va omborxonalarda saqlaş bilan şuğullanuvçi korxonalarning «Özbekoziqovqatzaxira» uyuşmasiga aylantirildi. Bu haqda uzdaily.uz naşri xabar bermoqda.
"Özbekoziqovqatzaxira" uyuşmasi Özbekistonning barça viloyatlaridagi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoşka, poliz ekinlari va uzum xarid qiliş, saqlaş va yetkazib beriş böyiça 47 korxonani birlaştiradi.
Yangi uyuşma faoliyati asosiy vazifalari va yönalişlari quyidagilardan iborat:
- fermer va dehqon xöjaliklari, agrofirmalardan barra meva-sabzavot mahsulotlari, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzumni içki iste'mol bozorini töldiriş va narxlarning barqarorligini ta'minlaş uçun qişki-bahorgi mavsumga saqlaş uçun ğamlaş maqsadida sotib olişga şartnomalar tuziş;
- qişki-bahorgi mavsum uçun ğamlanadigan mahsulotning tegişli saqlanişini taşkillaştiriş va uni saqlaş vaqtida yöqotişlarni kamaytiriş, zamonaviy logistika tizimini tatbiq qiliş;
- respublika şaharlarida barra meva-sabzavot mahsulotlarini sotiş böyiça maxsus yarmarkalarni ötkaziş;
- töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qiliş va uyuşma tarkibiga kiruvçi korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va rivojlantiriş böyiça işlarni taşkillaştiriş, maxsus omborxonalar va muzlatgiç kameralarini quriş, rekonstruksiyalaş va modernizatsiyalaşni ta'minlaş;
- uzoq va boriş qiyin bölgan aholi punktlarida yaşovçi aholini ijtimoiy ahamiyatdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş;
- uyuşma tarkibiga kiruvçi korxonalar mutaxassislarini qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkillaştiriş.
Bundan avvalroq 2016 yilgi hosildan boşlab Özbekistonda yangi meva va sabzavot mahsulotlari, kartoşka, poliz mahsulotlari va uzumni sotib olişga davlat buyurtmasi joriy etilgani xabar qilingan edi. Yangi mahsulotlarni kelgusida sanoat darajasida qayta işlaş uçun sotib oliş fevralda taşkil etilgan «Özbekoziqovqatxolding», qiş-bahorgi mavsum uçun mahsulotlar ğamlaş — «Özbekoziqovqatzaxira», eksport — yaqinda taşkil etilgan ixtisoslaştirilgan «Özagroeksport» taşqi savdo kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.











