2016 yil 19 aprel kuni Özbekistonning Buxoro viloyatida, Qandim gazni qayta işlaş kompleksi qurilişi boşlanişi munosabati bilan tantanali toş qöyiş marosimi bölib ötdi.
Tantanali marosimda, Özbekiston boş vaziri Şavkat Mirziyoyev va Rossiyaning "LUKOYL" neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov iştirok etgan.
Marosimda sözga çiqqan Şavkat Mirziyoyevning qayd etişiça, mazkur loyiha yirik va istiqbolli bölib, rentabelli hisoblanadi. Uning qayd etişiça, Özbekiston tomoni loyihaning muvaffaqiyatli amalga oşişi uçun zimmasidagi barça majburiyatlarni bajaradi.
«Qandim gazni qayta işlaş majmuasi qurilişining boşlanişi bilan Özbekiston tabiiy gaz boyliklarini özlaştirişda yangi davrga kiradi. Uni foydalanişga topşiriş bilan 2 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratiladi», - deb qöşimça qilgan Özbekiston boş vaziri.
«LUKOYL» neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov öz navbatida mazkur majmua kompaniyaning Özbekistondagi eng yirik sarmoyaviy loyihasi ekanini ta'kidlab, unda eng zamonaviy texnologiyalar qöllanilib, mehnat unumdorligi va muhofazasi ijobiy tarzda öz yeçimini topişiga işonç bildirdi.
Eslatib ötamiz, «LUKOYL» 2004 yildan beri "Özbekneftgaz" kompaniyasi bilan hamkorlikda Qandim loyihasini amalga oşirib keladi. Qandim guruhiga 6ta: Qandim, Quvaçi-Olot, Oqqum, Parsanköl, Xoji va ğarbiy Xoji gaz kondensat konlari kiradi.
Majmua işga tuşgaç, yiliga 8,1 mlrd kubmetr oltingugurtli tabiiy gaz qayta işlanib, tabiiy gaz va oltingugurt xom aşyosi olinadi.
Loyiha doirasida, 114ta burğilaş uskunalari örnatiladi. 300 kilometrdan ortiq gaz quvuri yotqiziladi. Bundan taşqari, taşqi elektr ta'minoti uçun 100 kilometrdan ortiq elektr uzatiş tarmoği barpo etiladi. 160 km avtomobil yöli, temiryöl hamda 1200 kişiga möljallangan zamonaviy işçilar qörğoni quriladi. Umuman, quriliş işlari davomida 7 ming kişi iş bilan ta'minlanadi.
2015 yil fevralida «LUKOYL» kompaniyasi Hyundai Engineering boşçiligidagi pudratçilar guruhi bilan 2,662 mlrd dollarlik şartnomani imzolagan edi. Uşbu loyihaning ilk bosqiçi jami 3,3 mlrd dollarga baholanmoqda. Majmua 2018 yili foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.











