Toşkentliklar tez orada barça yönalişlardagi qatnovi butunlay töxtatiladigan tramvay bilan xayrlaşmoqda. Şahar ahli 21 aprel kuni oxirgi marta 9 va 13-tramvaylarda sayr qiliş uçun kelişdi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari oxirgi marta tramvayga çiqib, oxirgi olingan suratlarni öz sahifalariga joylaştirişib, şahar tramvayiga sönggi sözlarini yöllaşmoqda.

«Xayr, tramvay. Vaqti kelib balki yangilaşar, boşqa turdagini qöyişar, lekin baribir - xayr. Bach Hoosier ning seni saqlab qoliş uçun yozgan juda köplab postlarini öqib bordim şu kunlarda. Bir ustozimning aytişlariça, seni ketişing elektr energiyamizni tejaşga yordam berarkan. Bilmadim... Soğinib qolamiz. Bizdan xafa bölma», deya yozadi 9-tramvayning sobiq yölovçisi.

Facebook foydalanuvçilaridan yana biri oxirgi qatnovdan qaytayotgan 9-tramvay vagonini içkaridan va taşqaridan suratga olib, öz sahifasiga joylaştirgan.

«Toşkent tramvayi bilan vidolaşiş», — deb izoh berdi u fotosuratlarga.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri hokimiyati Toşkent şahridagi 6ta tramvay yönalişlari faoliyati töxtatilişi haqida mart oyi oxirida ma'lum qilgandi.

12 aprel kuni Toşkent şahrida №12 yönalişi («Beşqayroğoç» dahasidan «Beruniy» metrosigaça) va №26 yönalişi («Qöyliq-6» dan «Toşkent» vokzaligaça) böyiça harakatlanadigan tramvaylar harakati töxtatildi.

22 apreldan esa Toşkent şahridagi 9- va 13-tramvay yönalişlarining işi butunlay töxtatildi.

17- va 8-tramvaylar işi taxminan 1 iyunga qadar davom etadi.

Şu tariqa, şaharda 115 yildan buyon harakatlanib kelayotgan tramvaylar 2010 yilning bahorida yopilgan trolleybuslar ortidan tarixga aylanmoqda. Buning sababi sifatida ularning jamoat transportining boşqa turlariga nisbatan «samarasiz» ekanligi keltirilgan.