Islom Karimovning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy taşrifining asosiy tadbirlari 26 aprel kuni Kremlda bölib ötdi. Islom Karimov va Vladimir Putinning uçraşuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama etildi, deya xabar bermoqda ÖzA.
Islom Karimov uşbu taşrif özaro aloqalar rivojiga yangi sur'at bağişlaşini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almaşiş uçun qulay imkoniyat ekanini alohida ta'kidladi.
Vladimir Putin Özbekiston Rossiyaning strategik hamkori va işonçli ittifoqçisi ekanini, bu munosabatlar yanada mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etdi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afğoniston muammosi, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Uçraşuvda Özbekistonning ŞHTga raisligi doirasida amalga oşirilayotgan işlarga alohida e'tibor qaratildi. Vladimir Putin Özbekiston tomonidan ŞHTning iyun oyida Toşkentda böladigan sammiti muhokamasiga kiritilişi möljallanayotgan taşabbuslarni Rossiya tomoni qöllab-quvvatlaşini qayd etdi.
Muzokarada mamlakatimizda yetiştirilgan meva va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş hajmini köpaytiriş va turini kengaytirişga kelişib olindi.
Tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantiriş, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirişga doir masalalar muhokama qilindi. Tomonlar madaniyat, ilm-fan, ta'lim, sport va turizm sohalari böyiça özaro aloqalarni kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Muzokaralar yakuni böyiça Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi örtasida madaniy-gumanitar, taşqi siyosat, oliy ta'lim, jismoniy tarbiya va sport kabi qator sohalarda hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.












