2016 yil 25 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasiga özgartiriş va tuzatişlarni kiritiş töğrisidagi qonunni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bergan.
Endi pasportsiz yoki muddati ötgan pasport bilan, vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud yaşaş joyi böyiça hisobdan ötmagan fuqarolar, pasportni qasddan yaroqsiz holatga keltirgan, unga e'tiborsizlik bilan muomalada bölgan fuqarolar eng kam oylik iş haqining uç baravari (390 ming sömdan köp) miqdorida ma'muriy jarimaga tortiladi (bundan avval — eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça).
Uşbu qonunbuzarlik ma'muriy çora qöllanilganidan söng bir yil içida qayta takrorlansa, eng kam iş haqining beş baravari (650 ming sömdan köp) miqdorida jarima solinişiga asos böladi.
Fuqarolar, "yöqolgan" pasportlaridan hamda boşqa fuqarolarga tegişli pasportlardan ğarazli niyatlarda foydalansa — eng kam oylik iş haqining ön baravari (1 mln 300 ming sömdan ortiq) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Pasportsiz yoki muddati ötgan pasport egalarini, şuningdek vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud yaşaş joyida hisobdan ötmagan fuqarolarni işga qabul qiliş mansabdor şaxslarga eng kam oylik iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga asos böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor şaxslarga eng kam oylik iş haqining yigirma baravari miqdorida jarima solinadi.
Fuqarolarning pasportlarini qonunga xilof ravişda olib qöygan yoki garovga olgan mansabdor şaxslarga eng kam oylik iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solinadi.











