Jahon | 10:47 / 01.05.2016
4222
1 daqiqa o‘qiladi

Dominikan respublikasida kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda

Dominikan respublikasida yuz bergan kuchli suv toshqinlari tufayli 2400dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda Listin Diario xabar tarqatdi.

Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, bu haftada atmosferadagi bosim ortishi tufayli kuchli yomg‘irlar davom etadi.

Qayd etilishicha, mamlakatning 18 viloyati favqulodda vaziyatda qolmoqda, 10 viloyatda xavflilik darajasi yuqoriroq.

40dan ortiq qishloq tashqi dunyodan uzilib qolgan, bu hududlarda 450dan ortiq binolar butunlay vayron bo‘lgan.

Suv toshqinlari qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltirgan, ekinlar plantatsiyalari zararlangan. Viloyatlardan birida avtomobil ko‘prigi qulab tushgan, respublikaning bir qancha tumanlarida elektr ta'minoti uzilib qolgan.

Mavzuga oid