Futbol böyiça Italiya çempionatining 36-turida «Yuventus» öz maydonida «Karpi»ni qabul qildi. Uçraşuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Turinliklar safida har ikki bölimda bittadan golni zaxira futbolçilari Ernanes va Simone Zaza öz hisobiga yozişgan. Bu ğalaba orqali «Yuventus» çempionat doirasidagi ğalabali seriyasini 10ta öyinga yetkazdi, Massimiliano Allegri şogirdlari A seriyada 26 uçraşuvdan buyon mağlubiyat neligini bilmay kelişmoqda.
Muddatidan oldin çempionlikni nişonlagan «Yuventus» hisobidagi oçkolar ayni vaqtda 88tani taşkil qilmoqda. «Karpi» 35 oçko bilan 17-örinda qolmoqda.
Italiya - A Seriya. 36-tur
Yuventus (Turin) – Karpi (Karpi) – 2:0
Gollar: Ernanes, 42 (1:0); Dzadza, 80 (2:0).
Yuventus – Buffon, Bonuççi, Rugani, Evra, Aleks Sandro, Ernanes, Asamoa (Sturaro, 85), Kuadrado (Lixtştayner, 74), Pogba, Morata (Zaza, 46), Manjukiç.
Karpi – Belets, Sabelli, Romanoli, Dzakkardo, Galolo, Kofi, Martino (Lazanya, 66), Verdi (de Guzman, 85), Krimi (Porkari, 74), Suager, Mbakogu.
Ogohlantirişlar: Manjukiç, 28; Rugani, 51; Bonuççi, 66; Lixtştayner, 90; Pogba, 90+1; Ernanes, 90+3 – Martino, 30; Krimi, 45+2.











