XXR hukumati mamlakat işlab çiqariş korxonalarini daromad soliği tölaş majburiyatidan ozod etdi. "Di i tsaytszin jibao" gazetasining yozişiça, 1 maydan boşlab, Xitoy kompaniyalari daromad soliği örniga qöşimça qiymat soliğini tölaşlari lozim böladi.
Mamlakat soliq sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida, QQS tizimiga ötiş jarayoni xalq xöjaligining quriliş, köçmas mulk, xizmat körsatiş va moliya sohalaridagi 10 millionga yaqin soliq tölovçini qamrab oladi. Qonun mualliflarining fikriça, yangilik köplab taşkilotlarning soliq yukini kamaytiriş imkonini beradi.
Korxonalar soliqdan tejalgan mablağlarini öz samaradorligini oşirişga sarflaşi bilan uşbu islohotlar mevasini amalda namoyiş etişlari kerak. XXR davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyanning sözlariga köra, mazkur yangiliklar sababli 2016 yili davlat ğaznasiga tuşadigan mablağlar hajmi 500 mlrd yuandan (77 mlrd dollarga yaqin) köproqqa kamayadi. Hukumat rahbariyati davlat byudjyeti kamomadini ötgan yilgi 2,3 foizdan 3 foizgaça köpaytirişga qaror qilgan.
Xitoyda kompaniyalar daromadiga soliq bekor qilindi
17:21 / 02.05.201610 6212 min











