Hindiston yaqin kunlarda Erondan 6,5 milliard dollar neft qarzdorligini uzmoqçi. Bu haqda Times of India ma'lumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi. 

“Biz Eronga qarzni qaytariş ustida işlayapmiz va bu masala tez orada hal bölişiga umid qilamiz”, - deyiladi hukumat xabarida. 

Hozir tomonlar tölovni amalga oşiriş yöllarini muhokama qilmoqda. Hindiston boş vaziri Narendra Modi may oyida Eronga taşrif buyurişi mumkin. Şu sababdan tomonlar tezroq bir töxtamga keliş uçun harakat qilmoqda. 

Yanvar oyida sanksiyalar bekor qilingaç, Eron Hindistonga neft yetkazib berişning uç yildan buyon amal qilgan yönalişini töxtatdi. Şu davr mobaynida tölovning 45 foizi rupiyda, qolgani yevroda amalga oşirilgan. Sanktsiyalar olingaç, Eron tölovni töliq yevroda tölanişini talab qila boşladi. Bundan taşqari, Hindistonning neftni qayta işlaş zavodlariga mahsulotni bepul yetkazib beriş ham töxtatib qöyildi. 

Sanktsiyalar bekor qilinganiga qaramasdan, bank sohasida hamon ba'zi çigalliklar mavjud. Şu muammolar tufayli oddiy tranzaksiyalarni amalga oşiriş imkoni yöq.