Qozoğistonning Manğistau viloyatida neft konlaridan birida xomaşyo otilib çiqişi oqibatida öziga xos neft fontanini kuzatiş imkoni paydo böldi. Uşbu hodisa aks etgan videolavhalar internet tarmoğida paydo böldi.

Uni YouTube saytining Beka Kazax kanalida köriş mumkin. Rolikka qoldirilgan izohda aytilişiça, voqea Janaozen şahri yaqinidagi neft konida yuz bergan.

Avariya vaqtida favvora balandligi 10-12 metrlarga yetgan. Xabarlarga köra, halokat joyida "KeZBI" taşkiloti işçilari faoliyat körsatayotgan bölgan.

Hozirça, hodisa qamrovi va neft oqqan maydon xususida ma'lumotlar mavjud emas.