Ukraina bozorida taqdim etilgan arzon avtomobillar reytingida özgarişlar sodir böldi. Bu haqda Avtoblog.ua saytida yozilgan.
Uzoq vaqt davomida Özbekistonda işlab çiqarilgan, minimal narxi 5800 dollar bölgan «Ravon Matiz» modeli Ukrainada eng arzon model sifatida körib kelinardi.
Endilikda, mamlakat avtobozori tahlili natijalaridan keyin reytingda Eronning «Saipa Tiba» markasi yetakçilik qilmoqda. Bu model Ukrainaning «Bogdan» kompaniyasi tomonidan işlab çiqariladi.
Eronliklar markasi narxi «Ravon Matiz» modeli narxidan 360 dollarga arzonroq sotilmoqda. Farq unçalik katta bölmasa-da, «Saipa Tiba» Ukrainadagi eng arzon avtomobilga aylandi.
Şuningdek, eng arzon avtomobillar reytingida Rossiya mahsulotlari ham öz örnini yöqotgan. «Lada Granta»ning narxi taxminan 1000 dollarga qimmatlaşgan, «Lada Kalina» esa Top-10 reytingiga kirmagan.











