APLning 36-turida «Sauthempton» öz maydonida «Mançester Siti»ni qabul qilib, 4:2 hisobida ğalaba qozondi.

Öyinning 28-daqiqasidayoq «avliyolar» (Mezbon jamoa laqabi - tahririyat) mehmonlar darvozasiga 2ta gol urib ulgurdi. Şeyn Long va Sadio Manening aniq zarbalari mezbonlarning ustunligini ta'minladi. Birinçi bölim yakunlanişi arafasida mehmonlarning yoş hujumçisi Keleçi Ixeanaço bitta javob golini urdi.

Lekin ikkinçi bölimda Mane yana 2 gol urib, xet-trikni rasmiylaştirdi. Ixenaço esa yana bir gol urib,«şaharliklar»ni 1:4 hisobidagi yirik mağlubiyatdan qutqarib qoldi.

«Sauthempton» jamoasi endilikda 57 oçko töplab, turnir jadvalida 7-poğonaga kötarildi va Yevropa Ligasi yöllanmasi uçun kuraşni davom ettirmoqda. YeÇLning yarim finalida «Real»ga qarşi javob öyini tufayli tarkibda rotatsiyalara amalga oşirgan «Mançester Siti» esa 64 oçko bilan törtinçi örinda qolmoqda.

Angliya - Premer-liga. 36-tur
Sauthempton (Sauthempton) – Mançester Siti (Mançester) – 4:2
Gollar: Long, 25 (1:0); Mane, 28 (2:0); Ixeanaço, 44 (2:1); Mane, 57 (3:1); Mane, 68 (4:1); Ixeanaço, 78 (4:2).

Sauthempton – Forster, Martina, Fonte, van Deyk, Bertran, Vanyama, Klasi (Romeu, 59), Mane, Devis (Uord-Prouz, 73), Tadiç (Rodriges, 87), Long.
Mançester Siti – Xart, Sabaleta, Otamendi, Mangalya, Kolarov, Nasri, Fernandino (Demiçelis, 60), Delf (Navas, 64), Sterling, Ixeanaço, Boni.

Ogohlantirişlar: Klasi, 30; Tadiç, 54 – Fernandino, 20.