BMT boş kotibi Pan Gi Mun Suriya hukumatini Halabdagi şifoxonaga 27 aprelda berilgan zarbalarda aybladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Boş kotib bu bayonotni BMT Xavfsizlik kengaşining qurolli ixtiloflar davomida şifoxona va tibbiyot xodimlariga hujumlar berişga yöl qöyib bölinmasligi haqidagi rezolyutsiyasini ma'qullaş ortida berdi. 

Pan Gi Mun Halabda yuz bergan bu noxuşliklar bunday çoralarning şoşilinç va zarurligini tasdiqlaşini qayd qildi va "şifoxonalarga ataylab va töğridan-töğri qilingan hujumlar harbiy jinoyatlar hisoblanişini" ta'kidladi.