Curved nemis dizaynerlari jamoasi Macintosh oilasiga mansub eMac (educational Mac) monoblokini işlab çiqariş borasida biroz fantaziyaga berilib, kompyuterning yangilangani böyiça öz talqinini namoyiş etdi. Işlab çiqilgan dizaynda ijodkorlar eski, original elektron maşinalarning bizga taniş bölgan qiyofasini saqlab qolişga harakat qilişgan bölsada, eMac zamonaviylikni ham özida mujassam etgan.

Dizaynerlar talqiniga köra, ikki xil talqinda böladi: iPhone korpusidek ranlar («kumuş», «kulrang kosmos», «tillarang» va «puşti oltin»)ga ega eMac Edition hamda iPod uçun xos rangli(«kumuş», «kulrang kosmos», tillarang, kök va puştirang) gammalardagi eMac Legacy Edition. Barça kompyuterlar keng alyuminiy tirgakli qayrilgan şakldagi alyuminiy panelidan taşkil topgan bölib, tepadan qaralganida eski kompyuterni yodga soladi. Old panelda 4:3 burçakka ega ingiçka 17 dyuymli sensor ekran, barçaga sevimli bölgan Apple logotipi, 3D-tasvirlar uçun ikkita kamera va ikkita stereodinamika mavjud. Apple Pencil qalami, siçqonça va Magic Keyboard simsiz klaviaturasiga ulaniş uçun Bluetooth örnatilgan. Şunindek, orqa panelda uçta USB-port joylaşgan. Yangi dizayn juda ham jozibali körinişda yaratilganligini körişingiz mumkin.






























