Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Şoyguning örinbosarlari, Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov hamda front rahbari Dmitriy Bulgakovni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlaş haqidagi farmoyişini imzoladi. Bu haqda xabar bergan «Kommersant'» naşrida aytilişiça, yanvar oyida ölimi haqida ma'lum qilingan Boş razvedka boşqarmasi direktori, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari örinbosari general-polkovnik Igor Sergunga ham şu unvon berilgan. 

Manbaning yozişiça, ularni rasman taqdirlaş marosimi 9 may kuni bölib ötadi.

Bungaça Suriyadagi harbiy kampaniyadagi iştirok uçun 6 nafar harbiyga unvonlar berilgandi. Ular orasida Markaziy harbiy okrug ştabi boşliği Aleksandr Dvornikov, harbiy razvedkaçi Vadim Baykulov, katta şturman Viktor Romanov, aviatsiya eskadriliyasi boşliği örinbosari Andrey Dyaçenko nomlari bor. Bundan taşqari, ölimidan keyin Su-24M uçuvçisi Oleg Peşkov hamda mart oyida halok bölgan katta leytenant Aleksandr Proxorenko mukofotlangan.