Başar Asad rahbarligidagi hukumat IŞID terrorçilik taşkilotining Suriyadagi jangarilari bilan hamkorlik qilişi ma'lum böldi. Bu haqda Sky News naşri xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinişiça, taşkilotdan qoçib ketgan jangarilar orqali tahririyatga kelib tuşgan hujjatlar ikki tomon uzoq vaqt davomida aloqada bölib turganini isbotlaydi.
Sky News tomonidan bildirilişiça, Palmiraning olinişi jangarilarning öz ixtiyori bilan şaharni taşlab ketişi tufayli yuz bergan. Buning evaziga Başar Asad hukumati jangarilarga talofatsiz va barça qurol-yaroğlarni olib ketişiga qöyib bergan.
Şunga öxşaş holat boşqa şaharlar qamali vaqtida ham röy bergan: Suriya armiyasi hujumga ötganida jangarilar har safar talofat bermasdan çekinişga muvaffaq bölgan.
Bundan taşqari, naşrda Asad hukumati va IŞID örtasida neft savdosi amalga oşirilgani böyiça ma'lumotlar aniqlangan.
Axborot agentligining qayd etişiça, bu hujjatlarning haqiqiyligi aniqlaş imkonsiz. Bundan oldin ham şu kabi manbalar orqali şunga öxşaş ma'lumotlar tarqalgan, lekin bu ma'lumotlar tasdiqlanmagan.











