Anonymous xakerlik guruhi Gretsiya markaziy bankiga hujum uyuştirdi. Bu haqda bankning xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Hujum bir neça daqiqa davom etdi va bankning xavfsizlik tizimi yordamida muvaffaqiyatli qaytarildi. Hujum oqibatida zararlangan yagona narsa – ma'lum muddat işdan çiqqan saytimiz böldi", deb aytdi noma'lum bölib qolişni istagan xodim.
Xakerlar, şuningdek, qisqa vaqt davomida bankning işini falajlay olişganini ma'lum qilişgan videomurojaatni çop etişdi. Bundan taşqari, xakerlar butun dunyo böylab markaziy banklarni buzib kiriş böyiça 30 kunlik kampaniyani boşlaşganini ma'lum qilganlar.
Avvalroq Anonymous’ning Filippindagi Anonymous Philippines bölimi Filippin saylov komissiyasi saytini buzib kirib, tahdidlar qilgan xabarlar qoldirgandi.











