Hyundai kompaniyasi AQŞda rul boşqaruvi uçun şaxsiy sensor klavişlar variantini patentladi. Koreya rusumidagi rul qölqoplarda bosilganda ham seza oladi, şuningdek rulda kiçik displeyning örnatilişini közda tutadi. 

Hyundai rul uçun sensor klavişlar versiyasini Koreyada 2014 yilda patentlagan. Qurilma ikkita taçpad, displey, boşqaruv bloki va eslab qoluvçi qurilmadan iborat. Öziga xos xususiyatlaridan biri aniq bölmagan bosişlarni aniqlaştiruvçi maxsus filtrning borligidadir. 

Bunday texnologiya yangi avlod Mercedes-Benz E-Class, Toyota Prius va Honda Civic avtomobillarida qöllanilgan. Sensor klavişlar rulda şunday joylaştirilganki, haydovçi ularni boş barmoq bilan bemalol bosa oladi. Ular multimedia tizimini tepa-pastga bosiş imkonini beradi. 

2016 yilning martida Hyundai kompaniyasi AQŞda maşinalar uçun yangi eşik turini patentladi. U orqa eşikning ikki xil turini özida mujassam etgan.

2015 yilning martida esa kompaniya avtomobil egasi rul boşqarayotgan paytda telefonni öçirib qöyuvçi va qator funksiyalarini çegaralovçi texnologiyani patentlagan. Mazkur tizim haydovçini çalğitmasdan, yöl harakatlaridagi xavfsizligini ta'minlaydi.