Peru politsiya Boliviyadan mamlakat hududiga kirib kelgan yengil motorli samolyotni urib tuşirgan. The Daily Mail xabarida aytilişiça bunga samolyotga kokain ortilgani sabab bölgan.

Samolyot yerga qulagaç voqea joyiga huquq-tartibor organlari xodimlari yetib borişgan. Samolyotning 58 yoşli uçuvçisi qölga olingan, u jarohatlangani bois qöriqçilar bilan şifoxonaga olib borilgan.

Uning şerigi bölgani taxmin qilingan kolumbiyalik jinoyatçi esa qoçib ketişga ulgurgan. Bu jinoyatçi politsiyaçilar bilan otişma qilib çekiniş davomida 200 kilogramm miqdoridagi narkotik moddalarni yaşirişga ulgurgan.

Samolyot bortida 70 kilogramm miqdoridagi kokain aniqlangan.