Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan joriy yilning 5 may kuni Toşkentdagi “Uruş va mehnat faxriylari Respublika pansionati”da Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri ötkazildi. Bu haqda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Respublikaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan 2214 nafar ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisiga kasaba uyuşmalari tomonidan manzilli moddiy yordam  körsatildi.

Xususan, aksiya doirasida Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan har bir hududdan 25 nafardan, 350 nafar uruş va mehnat faxriysining buyuk allomalar qadamjolariga hamda mustaqillik davrida Özbekistonda bunyod etilgan diqqatga sazovor maskanlarga taşriflari taşkil etildi.

Bundan taşqari mustaqillik yillarida xizmat vazifasini ötaş çoğida halok bölgan 217 nafar vatan himoyaçisining oilalari holidan xabar olinib, ularga manzilli moddiy yordam körsatildi. 900 nafarga yaqin uruş va mehnat fronti qatnaşçisi tizimdagi sanatoriylarda davlat byudjyeti hisobidan, 150 nafar mehnat faxriysi esa kasaba uyuşmasi mablağlari hisobidan bepul soğlomlaştirildi. Korxona, taşkilot va muassasalar boşlanğiç kasaba uyuşma qömitalari tomonidan esa hozirda nafaqada bölgan uruş qatnaşçilari va mehnat faxriylari, 400 nafarga yaqin keksa avlod vakili, jangçi-faxriylar (baynalmilalçilar) uçun teatr, konsertlarga taşriflar va boşqa madaniy-ma'rifiy tadbirlar taşkil etildi. Şuningdek, ular moddiy va ma'naviy rağbatlantirildi.