6 mayda Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Rossiyaga norasmiy taşrif bilan keldi. Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvdan keyin Moskvaga Kuril orollari muammosini hal qiliş böyiça yangi yondaşuvni taklif qilganini va Rossiya bu taklifni qabul qilganini aytdi.

Putin muzokaralar oldidan ikki davlat örtasida alohida e'tiborga molik masalalar borligini aytdi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov uraşuvdan keyin Rossiya va Yaponiya yetakçilari tinçlik kelişuvi muammosi, BMT Xavfsizlik kengaşidagi özaro harakatlar va terrorçilikka qarşi kuraş masalasini muhokama qilişganini aytdi. Uçraşuv vaqtida iqtisodiy sanksiyalar mavzusiga töxtalmagan.   

Lavrovning aytişiça, Putin va Abe sovğalar almaşişgan. Putin Abega rassom Keyg Kavaxarning yapon florasiga bağişlangan suratlari nusxasini sovğa qildi. Abe esa Putinga Avliyo Nikolay pravoslav çerkovining yapon ruhoniysi kitobi va binokl tuhfa  qildi.