Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Krasnoyarsk jamoat transportida xalqaro terrorçilik bilan boğlangan Markaziy osiyoliklar tayyorlagan teraktni bartaraf etdi, deb xabar berdi 6 mayda maxsus xizmat.

"6 mayda Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Krasnoyarskda may bayramlari vaqtida jamoat transportida terakt sodir etilişi bartaraf etildi. Xalqaro terrorçilik taşkilotlari bilan boğlangan Markaziy osiyolik fuqarolar qölga olindi", deyilmoqda xabarda. 

Maxsus xizmat qölga olinganlardan "terrorçilik faoliyatida qöllanadigan vositalar"ni (qanday vositalar ekanligi aniqlaştirilmoqda) musodara qilgan. Tergov manfaati nuqtai nazaridan qölga olinganlarning şaxsi va boşqa ma'lumotlar hozirça oşkor qilinmayapti.  

Avvalroq Moskvada may bayramlarida teraktlar sodir etmoqçi bölgan guruh qölga olingandi. Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga köra, qölga olinganlarning barçasi Markaziy osiyoliklar bölgan. Ulardan 4 nafari qurol-aslahani noqonuniy aylantiriş aybi bilan hibsga olingan. Uşbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.