Samaralik nevrolog Sergey Makarov sudga "Yandeks" ustidan 1 mln dollar undiriş talabi bilan murojaat qildi. Makarovning vajiça, qidiruv tizimidagi u haqidagi ma'lumot uning obrösiga zarar yetkazmoqda. Bu haqda sud matbuot kotibi Olga Myşelovaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Arzçi şikoyat arizasida u haqdagi şaxsiy: familiya, ismi-şarifi, uning firmasi adresi hamda unda u yakka tartibdagi tadbirkor deb körsatilgan ma'lumotlarga internet-havolalarni öçirişning rad etilişini noqonuniy deb topişni talab qilmoqda", deyildi sudda.
Erkakning aytişiça, ma'lumotlarning bir qismi eskirib qolgan, qolgan qismi esa şaxsiy ma'lumotlarni saqlaydi. Samaralikning ta'kidlaşiça, u "Yandeks"ga murojaat qilgan, biroq unga ma'lumotlarni öçirişning imkoni yöqligi va u şaxsiy ma'lumotlar haqidagi qonun ta'siriga tuşmasligi aytilgan.
Makarov qidiruvda u haqida çiqadigan ma'lumotlar uning fikriça şaxsiy va professional rejalariga zarar yetkazişi sababli sudga murojaat qilişga qaror qildi.











