Yurtimizda insonlar mudom qadrli, ötganlar xotirasi esa abadiydir.

9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida Tinçlik darslari ötkazilmoqda.

Bu darslarda ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan va front ortida mehnat qilgan nuroniylar, faxriylar ham iştirok etmoqdalar.

ÖzMU Axborot xizmatidan xabar berilişiça, 6 may kuni universitetning Fizika va Biologiya-tuproqşunoslik fakultetlarida ötkazilgan darslarda “Qadriyat, e'tibor va e'zoz”, “Vatan erkinligi uçun öz jonini qurbon qilganlar xotirasi hamişa barhayot”, “Xotira muqaddas, inson qadri aziz”, “Tinçlik qadri” kabi mavzular talabalarda katta qiziqiş uyğotdi.

– Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan 9 may – Xotira va qadrlaş kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanayotgani yurtimizda inson xotirasi qançalik muqaddas, qadr-qimmati aziz ekanligini körsatadi,– dedi universitet prorektori Davlatboy Jumaboyev.– Bu sana uruşlarda qurbon bölgan millionlab yurtdoşlarimiz xotirasiga ta'zim qiladigan, bugun saflarimizda yurgan, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz ravnaqi yölida xizmat qilgan nuroniylarga yuksak hurmat-ehtirom körsatiladigan ezgu marosimdir. Bunday kunlarda bugungi tinç va osuda hayot, musaffo osmon, tökinlik va farovonlikka qanday oğir yöqotişlar, sinov va maşaqqatlar evaziga erişilgani xayolimizdan ötadi. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinçlik va osoyiştalikning ahamiyatini teranroq anglaymiz. Yurtboşimiz ta'kidlaganidek, inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir. Heç şubhasiz, bu uruşda xalqimiz körsatgan matonat, mardlik va qahramonlik namunalarini avlodlarimiz aslo unutmaydi, jang maydonlarida bizning öğlonlarimiz nimaga qodir ekanini doimo ğurur va iftixor bilan eslaydi. Biz avvalo uruşda qatnaşgan, mardlik va jasorat körsatgan faxriylarini, şular qatorida front ortida mehnat qilgan yurtdoşlarimizni, butun xalqimizni tabriklaş bilan bir qatorda, uruşdan qaytmagan vatandoşlar xotirasi oldida boş egiş barçamiz uçun ham qarz, ham farzdir.

Tinçlik darslarida iştirok etgan veteranlar Ravşan Oxunov va Şuhrat Şonazarov Afğonistonda baynalmilal janglarida körgan-keçirganlarini sözlab berdilar.

Darhaqiqat, xotira – ötganlarni eslatib turadi, özlikni anglatadi. Qadr – insonni uluğlaydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlaş kuni mazmun-mohiyatida ana şunday ezgu tamoyillar mujassam. Yurtimiz mustaqilligi yillarida mamlakatimizda tinçlik-osoyiştalik, hamjihatlik va bağrikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat, mehr-oqibat tuyğulari odamlar qalbi va şuuridan çuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu işlarini davom ettiriş, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinçligi va ravnaqi yölida xizmat qilgan keksalarni e'zozlaş ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, istiqlol davrida tuğilib voyaga yetgan, mustaqil va yangiça fikrlaydigan, buyuk maqsadlar sari intilayotgan farzandlarimiz ota-bobolaridan meros bölib qolgan öz yurtini, tuğilgan tuproğini muqaddas deb bilişi, uning ertangi yoruğ kuni uçun butun borliğini bağişlaşga, kerak bölsa, jonini fido qilişga tayyor bölişi – bularning barçasi bugun hal qiluvçi kuçga aylanib borayotgan yoşlarimiz hayotining uzviy bir qismiga aylangani hammamizga işonç va kuç-quvvat bağişlaydi.