Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 26 martdagi qaroriga muvofiq Samarqand-Buxoro temir yölini elektrlaştiriş va yuqori tezlikdagi yölovçi poyezdlar harakatini taşkil etiş loyihasi böyiça işlar jadal sur'atlarda amalga oşirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 394,54 mln. dollarni taşkil etadi.
Loyiha doirasida qurilişi közda tutilgan 222 ta sun'iy inşoatdan hozirgi kungaça 213 tasi, ya'ni 90 foizi bajarildi.
Temir yöl trassasini elektrlaştiriş maqsadida rejalaştirilgan 6 mingdan ortiq temir-beton tayançlaridan bugungi kunga qadar 4 ming 850 tasi örnatildi. 3 ta elektr ta'minot podstansiyalarida quriliş işlari olib borilmoqda.
Ayni kunda 200 yölovçiga möljallangan «Buxoro» temir yöl vokzali binosida quriliş işlari tugatilib, pardozlaş işlari davom ettirilmoqda.
“Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalarida kontakt tarmoği elektr tayanç, ularning poydevori hamda sun'iy inşoatlar temir beton konstruksiyalarini işlab çiqariş va joylarga yetkazib beriş rejasi tasdiqlanib amalga oşirilayapti.
Samarqand-Buxoro temir yölini elektrlaştiriş va yuqori tezlikdagi yölovçi poyezdlar harakatini taşkil etiş Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi arafasida yakunlanib foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Yöl atrofini öraş işlari ham olib borilayapti. Bugungi kunga qadar 45 km masofada işlar tugatildi. Samarqand-Buxoro temir yöli bir yöllik bölib, asosiy yölning uzunligi 249 kmni taşkil etadi. Şundan Samarqand - Navoiy uçastkasida yangi quriladigan temir yöl uzunligi – 156,9 km va Navoiy-Buxoro uçastkasi – 92,1 km dan iborat .
Yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati yölga qöyilgandan söng yölovçilarni Toşkentdan Buxorogaça 3 soat 30 minutda öz manziliga yetkazib qöyiş imkoniyati yaratiladi. Bundan taşqari Samarqanddan Buxorogaça temir yölning ötkaziş imkoniyati 36 foizga oşişi, ekspluatatsiya xarajatlari 36 foizga kamayişi kutilayapti.
Bugungi kunda, ya'ni loyihani amalga oşiriş jarayonida 700 ga yaqin işçi faoliyat körsatmoqda. Uşbu temir yöl foydalanişga topşirilgandan söng 200 dan ortiq yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.
M.Murotov











