Zamonaviy qurilmalarning köp qismi, jumladan, noutbuk, planşet yoki smartfonlarning taşqi körinişi bir-biriga juda ham öxşaydi. Agarda ularning logotipi olib taşlansa, oddiy foydalanuvçi gadjyetlar qaysi kompaniyaga tegişli ekanini farqlay olmaydi. Disney kompaniyasining tadqiqot bölinmasi aynan şu muammoni hal qilişga qaror qildi. Disney Research xodimlari qurilmalar elektromagnit maydonini skaner qiliş orqali identifikatsiya qiluvçi skaner yaratişdi.

Garçi qurilmalar texnik hususiyatlari jihatdan bir xil bölsa-da, barining elektromagnit maydoni turliça böladi. Disney Research tomonidan işlab çiqilgan skaner 40ta qurilma içidan 30tasini töğri aniqlay oldi. Qolgan 10ta devays 90 foizdan yuqori darajada aniqlandi. Birgina Apple smartfonlarini töğri aniqlaşning iloji bölmadi. Tadqiqotlar fikriça, bu çastotalar joylaşinuvi bilan boğliq bölişi mumkin.

Mazkur skaner bor-yöği 10 dollar turadi va bu qurilma kompaniyalar uçun har bitta modelni sinçkovlik bilan tekşiriş zaruriyatini tuğdirmay, öz inventarizatsiyalarini qulay holda kuzatişlariga yordam beradi. Bundan taşqari, qurilmalar quti içida joylaşgan payti ham skanerlaş imkoni mavjud. Bu esa yirik korxonalarning jönatmalari vaqtida foydali bölişi mumkin.