4 aprel kuni International Aerospace Committee (IAC) va “Raqamli işonç” Jamğarmasi örtasida özaro hamkorlikni kuçaytiriş va rivojlantiriş hamda kelişilgan maqsadlar doirasida ma'lumotlar almaşinuvini örnatişga qaratilgan hamkorlik töğrisida Memorandum imzolandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruv milliy agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Memorandum doirasida birinçi loyihalardan biri Şveytsariyaning Tudor Tech texnologiyalari transferi bölişi mumkin. Tudor Tech - samolyotlar va transportning boşqa turlarini rentgen bilan skaner qiluvçi uskunalar işlab çiqaruvçi jahondagi birinçi va yagona kompaniya hisoblanadi.
Texnologiya portlovçi moddalar, qurol-yaroğ, giyohvand moddalar va naqd pullarni noqonuniy ötkaziş hollarini aniqlaş böyiça samarali vosita hisoblanadi va keltirib ötilgan tahdidlarni 100 foiz aniqlaş imkonini beradi.
“Ötkazilgan uçraşuv doirasida Jizzax viloyatida skanerlarni işlab çiqarişga möljallangan korxona barpo etiş böyiça qöşma qaror qabul qilindi. Işlab çiqariladigan skanerlar nafaqat Özbekiston, balki butun Osiyoda aeroportlar xavfsizligini ta'minlaydi”, deyiladi xabarda.
Mazkur loyihani amalga oşirişda International Aerospace Committee (IAC) kompaniyasi “Raqamli işonç” Jamğarmasiga Şveytsariyadan investitsiyalarni töliq miqdorda jalb etiş böyiça yordam körsatadi.
Tomonlar Özbekistonda aviatsiya, koinot, energetika va yer resurslari sohasida yuqori texnologiyali loyihalarga investitsiyalarni jalb etiş böyiça birgalikda işlarni olib boriş töğrisida kelişib oldilar. Bundan taşqari, Memorandumdagi vazifalarni amalga oşirişda tajriba va ma'lumotlar almaşiş, özaro konsultatsiyalar ötkaziş ham nazarda tutilgan.











