Tajribaning körsatişiça, smartfonlarning mukammal himoyasi hozirça mavjud emas. Gap şundaki, 3D-printerda bosilgan barmoq izini sensor smartfon egasi barmoği deb qabul qilgan.
Foydalanuvçilardan biri şu yöl bilan Samsung Galaxy S10+ himoyasini çetlab öta olgan.
U smartfon egasining bokalda qolgan barmoq izini suratga olib, uni fotosuratlar bilan işlovçi dasturda qayta işlab, barmoq izining 3D-modelini olgan. Smartfonning sensori uçinçi urinişda uşbu modelni smartfon egasi barmoği deb qabul qilib, ekranni blokdan çiqargan. Uşbu jarayonga bor-yöği 13 daqiqa ketgan.
Ta'kidlaş joizki, bu murakkab jarayon bölsa-da, ammo smartfonlarning mukammal himoyasi hali mavjud emasligini isbotladi. Bu vaziyat Galaxy S10+’ning yuz skanerinikidan biroz yaxşiroq, çunki uni oddiy fotosurat bilan aldaşga muvaffaq bölingan.
Samsung Galaxy S10 va S10+ smartfonlarida optik emas, balki ultratovuşli barmoq izi skaneri örnatilgan. U hattoki höl, iflos va yopişqoq barmoqni ham taniy oladi, bu esa uni amaliy jihatdan foydaliroq qiladi. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, uşbu sensor optik sensordan işonçliroqdir.












