Avstriya kansleri Verner Fayman öz lavozimidan iste'foga çiqdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
U koalitsion hukumat rahbarligi hamda Avstriya Sotsial-demokratik partiya rahbarligidan ham iste'fo bergan.
Fayman mamlakatda qoçqinlarni qabul qiliş siyosatida öta qattiqqölligi bilan ommaning noroziligiga uçragan. Avvalroq u boşçiligidagi Avstriya hukumati Italiya bilan çegarada 400 metr uzunlikdagi tösiq örnatişni rejalaştirgani ma'lum bölgandi.
Ötgan haftada, 1 may kungi mitinglar vaqtida iştirokçilar Faymanga qarşi huştakbozliklar qilişgandi.
Fayman matbuot anjumanida öz partiyasi vakillarining töla qöllab-quvvatlaşini his qilmagani uçun şu qarorga kelgani haqida ma'lum qilgan.
Sörovnomalar natijalariga köra, Sotsial-demokratlar va ularning ittifoqçilari 2018 yilgaça bölib ötadigan umumxalq saylovlarida "Avstriya Ozodlik partiyasi"dan yengilişi taxmin qilingan.











