Jangovar sambo böyiça ikki karra jahon çempioni, ayni vaqtda yengil vaznda professional UFC (qoidasiz jang) janglarida qatnaşayotgan Habib Nurmagomedov Ramazon oyida heç qanday jang ötkazmasligini ta'kidladi.

U ayni vaqtda professional UFC da 23ta jang ötkazgan va ularning barçasida ğalaba qozongan. Şundan sakkizta jangda raqiblarini nokautga uçratgan. Habib ayni vaqtda jarohati sabab musobaqalarda qatnaşgani yöq. Şifokorlar uning iyun oyida tiklanişini ta'kidlaşgan, lekin u bu vaqtda jangga tuşmoqçi emas.

“Iyunda jang qiliş imkoniyati bor, lekin men Ramazon oyi vaqtida jang qilmayman. Bu oy men uçun har qanday mukofot yoki jangdan ustun. Köpi bilan sentabrda sportga qaytaman”, deydi Nurmagomedov.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi