14 may kuni Özbekiston böylab kuçli şamol kuzatiladi. Gidrometeorologiya markazi saytida ma'lum qilinişiça, şu kuni şamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgaça kuçayadi.

Şu kuni şuningdek sinoptiklar qisqa muddatli yoğingarçiliklar va momoqaldiroq bölişini prognoz qilişgan. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja iliqni taşkil etişi kutilmoqda.

9 mayga ötar keçasi respublikaning barça hududlarida kuçli şamol kuzatildi. Natijada köplab daraxtlar yiqilib, avtomobillar töxtaş joyi va yölning qatnov qismiga qulab tuşdi. Şuningdek, ba'zi uylarning tomida va darvozalarida buziliş yuz berdi. Toşkent hamda boşqa şaharlarda elektr energiyasi öçişi qayd etildi.