Myunxenning «Bavariya» jamoasi kun davomidagi ikkinçi transfer amalga oşirilgani haqida ma'lumot berdi. Jamoa rasmiy saytida «Borussiya»dan himoyaçi Mats Hummels transfer qilingani haqida xabar berildi.
Myunxenliklar klubi 27 yoşli futbolçi bilan 2021 yilning 30 iyunigaça bitim tuzgan.
«Biz Mats Hummels «Bavariya» foydasi uçun qaror qabul qilganidan xursandmiz. Mats – dunyoning eng yaxşi markaziy himoyaçilaridan biri, uning yordamida biz jamoaning darajasini yangi mavqeiga olib çiqamiz», – deya transferga izoh berib ötgan «Bavariya» direktorlar kengaşi raisi Karl-Xaynts Rummenigge.
Tomonlar futbolçining transfer summasi borasida oçiq ma'lumot bermaslikka kelişib olişgan.
Bundan oldinroq dortmundliklar rahbariyati vakili Xans-Yoaxim Vattske futbolçining myunxenliklar jamoasi safiga ötişni istayotgani, uning transferi qiymati taxminan 35-38 mln yevro bölişi haqida xabar bergandi.
Joriy mavsumda Hummels bundesliganing 29 uçraşuvida maydonga tuşib, 2ta gol urdi va 2ta golli uzatma muallifi böldi.











