Rossiya va Buyuk Britaniya kompaniyalarga dunyoning yetakçi iqtisodiyotlari orasida eng past korporativ soliq (kompaniyalarning daromadlaridan olinadigan soliq) stavkalari taqdim qilmoqda.

Bunday ma'lumotlar auditor va konsalting firmalari tarmoği UHY tomonidan amalga oşirilgan tadqiqotda keltirilgan, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. 

Kompaniya soliqqa tortiluvçi 1 mln dollarlik daromadga qöyilgan soliq stavkalarini tahlil qilib çiqdi. Ma'lumotlarga köra, Rossiyadagi kompaniyalar daromaddan 20 foizlik soliq tölaydi, Buyuk Britaniyada esa bu soliq 21 foizni taşkil qiladi.     

Bu orada "katta yettilik" davlatlaridagi korporativ soliq körsatkiçi 32 foizni, UHY taqiqotiga kiritilgan 31 ta davlatda esa örtaça 27 foizni taşkil qiladi.

Avvalroq Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn korporativ soliqni mamlakatdagi "eng barbod qiluvçi va unumsiz soliqlardan biri" deb atagandi hamda bu soliqni 2020 yilgaça 17 foizgaça tuşirişni rejalaştirayotganini e'lon qilgandi. Vazir Britaniyadagi soliq stavkalarini dunyodagi eng kiçik stavkalarga aylaştirişga intilişini ta'kidlab ötgandi.

Oxirgi ikki yilda 6 ta davlat korporativ soliqlarni tuşirdi va faqat 2 davlat – Isroil va Hindistongina uni oşirgan.