Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Kuban davlat tibbiyot universiteti hamkorligida taşkil etilgan qöşma ta’lim yönalişida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalari murojaati e’lon qilindi.
Unda Kuban davlat tibbiyot universitetida «Stomatologiya» yönalişi böyiça öqişni davom ettiriş uçun taşkil etilgan imtihonlarda yetarli ball töplay olmagan ayrim talabalarning noroziligi aks etgan.
SSV matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor örganişlar natijasi böyiça ma’lumot berdi.
«Farğona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 2019-2020 öquv yilidan boşlab Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Davolaş işi» va «Stomatologiya» qöşma ta’lim yönalişlari taşkil etilgan.
2019 yil 27 martda ikki tomonlama tuzilgan şartnomaga muvofiq, öqişga qabul qilingan talabalarning «Davolaş işi» yönalişi böyiça 3 yil Özbekistonda va 3 yil Rossiya Federatsiyasida, «Stomatologiya» yönalişida esa 3 yil yurtimizda hamda 2 yil Rossiyada ta’lim olişi belgilangan.
2021-2022 öquv yili yakuni böyiça «Stomatologiya» yönalişida 46 nafar, «Davolaş işi» yönalişida 40 nafar talaba 3-bosqiçni bitirib, 2022 yil 21 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbiyot universitetiga öquv yurti mutasaddilari boşçiligida yuborilgan.
25 avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetida «Stomatologiya» yönalişi böyiça 3-bosqiçini bitirgan talabalardan imtihon olinganda, 46 nafaridan 25 nafari belgilangan ballni töplab, öqişni davom ettirişga tavsiya etilgan. Qolgan 21 nafar talaba belgilanganidan past ball jamğargani uçun imtihondan öta olmagan.
Şundan söng uşbu talabalar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan murojaat asosida Soğliqni saqlaş vazirligi va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Rossiya tomoni, jumladan, Kuban davlat tibbiyot universiteti ma’muriyati bilan tegişli muzokaralar olib bordi. Natijada imtihondan öta olmagan talabalar rus tilini puxta egallaş şarti bilan uşbu universitetda öqişni davom ettiriş imkoniyatiga ega böldi», deyiladi xabarda.

















