Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari bölgan yigit-qizlar Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universitetiga yuborilib, köçada qolayotgani böyiça videomurojaati çiqqandi.

Talabalar aytişiça, stomatologiya va davolaş işlari fakultetida öqiş 3+2 şaklidagi qöşma dastur asosida taşkil etilgan. Talabalar 3 yil Özbekistonda, 2 yil esa Rossiyada tahsil olişi kerak bölgan. Lekin talabalar bir qismiga Kuban davlat tibbiyot universiteti rad javobini bergan.

Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rahbariyati izohiga köra, 2019-2020 öquv yilidan boşlab institut Rossiyaning Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qöşma ta’lim taşkil qilgan.

2019 yil 27 martda tuzilgan şartnomaga muvofiq, öqişga qabul qilingan talabalar uçun stomatologiya yönalişi uçun 3 yil Özbekistonda, 2 yil Rossiyada öqiş belgilangan. Unga köra, 2019-2020 öquv yilida stomatologiya yönalişiga 50 nafar talaba qabul qilingan.

Ma’lum qilinişiça, 2021-2022 öquv yili yakuni böyiça stomatologiya yönalişida tahsil olgan 46 nafar, Davolaş işi yönalişida tahsil olgan 40 nafar talabalar 3-bosqiçni bitirib, 2022 yil 21 avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetiga öquv-uslubiy bölim boşliği G.Mamatxanova, Xalqaro fakultet dekani M.Aşurova, dekan örinbosari A.Abduğaniyevalar boşçiligida yuborilgan.

Institut ma’muriyati bergan xabariga köra, stomatologiya yönalişiga qabul qilingan talabalarning ayrimlari Kuban davlat tibbiyot universiteti imtihonidan ötolmagani uçun qabul qilinmagan.

“Joriy yil 25 avgust kuni Kuban davlat tibbiyot universitetida Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti stomatologiya yönalişi 3-bosqiçni bitirgan talabalaridan imtihon olingan. Ötkazilgan imtihon natijalariga köra, stomatologiya yönalişida tahsil olayotgan 46 nafar talabalardan 25 nafari belgilangan ballni olib, öqişni davom ettirişga tavsiya etilgan. Qolgan 21 nafar talabalar belgilangan balldan past baxo olib, imtihondan öta olmagan”, – deyilgan xabarda.

Biroq videomurojaatda aytilişiça, talabalar olingan imtihon ularning öqişga qabul qilinişiga ta’sir qilmasligiga işontirilgan.

Institut imtihondan ötolmagan talabalarning Kursk davlat tibbiyot universitetida öqişini davom ettirişi, bunda kontrakt miqdori özgarmasligi va talablarning boriş-keliş xarajatlari institut tomonidan qoplab berilişini ma’lum qilgan.