Frantsuz alyansi fondi raisi Jyerom Kleman 4-6 may kunlari Toşkent va Buxoro şaharlarida böldi.

Fransiyaning Toşkentdagi elçixonasi matbuot xizmati xabariga köra, u taşrifi vaqtida Taşqi işlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik böyiça vakolatxonasi rahbari Dilşod Axatov hamda Adliya vaziri örinbosari Anvar Usmonov bilan uçraşgan.

Uçraşuvlar vaqtida tomonlar Toşkentdagi fransuz alyansining ilk yildagi faoliyati yakunlari haqida gaplaşişgan.

U 4 may kuni Toşkent fransuz alyansida «Frantsuz alyanslari tarmoği dunyo böylab» mavzusida ma'ruza qilgan.

6 may kuni u Buxoroga taşrif amalga oşirgan. U safari davomida bu şaharda alyans taşkil etiş imkoniyatlarini örgangan.

Parijda joylaşgan mazkur fond dunyoning 5 qit'asidan 800dan ortiq fransuz alyanslarini birlaştirganligi sababli yer yuzidagi eng yirik madaniy muassasalar tarmoği hisoblanadi. Jyerom Kleman Fransiya Respublikasi hukumatida madaniyat sohasidagi nufuzli vazifalarni bajargan, Arte nomli fransuz-nemis madaniy telekanalini 1989 yili asos solinganidan to 2011 yilgaça boşqargan.