Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Özbekiston delegatsiyasining Fransiyaga taşrifi doirasida "Frantsuz Alyansi"ning Markaziy Osiyodagi işlari böyiça mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uçraşdi. KUN.UZ hukumatdagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Muzokaralar davomida umumiy örta, örta maxsus va professional ta'lim sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, Özbekistonda oliy ta'lim sifatini oşiriş masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.

Şuningdek, Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida fransuz tili kafedralarini oçiş, fransuz tiliga ixtisoslaştirilgan maktablar sonini oşiriş va respublika ta'lim muassasalarida fransuz tilini öqitiş soatlarini oşiriş masalalari böyiça hamkorlikni kengaytiriş, fransuz tiliga oid öquv materiallarini işlab çiqiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni faollaştirişga qiziqiş bildirişdi. Bunda Toşkent şahrida Fransiya madaniyat markazi faoliyatini yölga qöyiş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.











