Toşkent Frantsuz Alyansi – fransuz tilini örganiş uçun ideal markaz.

Unda fransuz tili darslari çet tillarni öqitişning Yevropa tizimiga (CECR) muvofiq olib boriladi.
Sizga boşlanğiç darajadan boşlab yoki fransuz tili bilim darajasini belgilovçi bepul test natijasiga asosan, bilimingiz darajasidagi guruhlarda maşğulotlar taklif qilinadi.

Guruh maşğulotlari fransuz tilining dastlabki (A1) darajasidan boşlab, mukammal (C1) darajaga qadar örganişni öz içiga oladi. Har bir kurs 4 xil könikmani rivojlantirişga qaratilgan: oğzaki va yozma nutqni tuşuniş, yozma nutq va muloqot qiliş.

Bizning kurslarimiz Parijning Frantsuz Alyansi körsatmalariga asosan, kommunikativ uslubiyotga tayanadi. Bu usul butun dunyoda tan olingan bölib, qisqa vaqt içida yuqori natijalarga erişişga imkon beradi, şuningdek, tilni amaliyotga tatbiq etiş uçun eng yaxşi şaroitlarni yaratadi.
Toşkent Frantsuz Alyansi sizga quyidagilarni taklif qiladi:
• Qulay muhitda yuqori sifatli ta'lim;
• Sizning talabingizga moslaştirilgan öqitiş metodikasi va şakllari;
• Xalqaro darajada tan olingan sinov markazi;
• Markaziy Osiyodagi eng boy fransuz kutubxonasi;
• Qöşimça öquv tögaraklari: kino klublar, sözlaşuv klubi, öyin keçalari va boşqalar;

2018 yil oktabr-dekabr oylari öquv kurslariga röyxatga oliş 5 sentabrdan 25 sentabrga qadar, duşanbadan jumagaça soat 14.00dan 19.00gaça va şanba kuni soat 14.00dan 18.00gaça. Yakşanba - dam oliş kunidir.
Qöşimça ma'lumot oliş uçun quyidagi manzilga murojaat qiling:










