Frantsuz tili darslari, çet tillarni öqitişning Yevropa tizimiga (CECR) muvofiq olib boriladi.
Siz boşlanğiç darajadan boşlab yoki fransuz tili bilim darajasini belgilovçi bepul test natijasiga asosan bilimingiz darajasidagi guruhlarda maşğulotlar taklif qilinadi.

Guruh maşğulotlari fransuz tilini dastlabki darajadan boşlab (A1 darajasidan) mukammal (C1) darajaga qadar örganişni öz içiga oladi. Har bir kurs 4 xil könikmalarni rivojlantirişga qaratilgan: oğzaki va yozma nutqni tuşuniş, yozma nutq va muloqot qiliş.

Bizning kurslarimiz Parijning Frantsuz Alyansi körsatmalariga asosan kommunikativ uslubiyotga asoslanadi. Bu usul butun dunyoda tan olingan bölib, qisqa vaqt içida yuqori natijalarga erişişga imkon beradi, şuningdek, tilni amaliyotga tatbiq etiş uçun eng yaxşi şaroitlarni yaratadi.

Toşkent Frantsuz Alyansi sizga quyidagilarni taklif qiladi:
- Qulay muhitda yuqori sifatli ta'lim.
- Sizning talabingizga moslaştirilgan öqitiş metodikasi va şakllari.
- Xalqaro darajada tan olingan sinov markazi.
- Markaziy Osiyodagi eng boy Frantsuz kutubxonasi.
- Qöşimça öquv tögaraklari: kino klublar, sozlaşuv klubi, öyin keçalari va boşqalar.
Uşbu yozda sizni ertalabki va keçqurungi, intensiv va yarim intensiv şaklda ötkaziladigan fransuz kurslariga yozilişga taklif qilamiz.

Yozgi maşğulotlarga (2018 yil iyul-sentabr) röyxatga oliş 2018 yil 1 iyundan 25 iyunga qadar ötkaziladi. Röyxatga oliş jadvaliga, albatta, rioya qiling: duşanbadan jumagaça soat 14.00 dan 19.00 gaça va şanba kuni soat 14.00 dan 18.00 gaça. Yakşanba, dam oliş kunidir.










