Xitoyning Nankin muzeyining arxeologiya instituti olimlari 8 ming yil avvalgi şolipoya (guruç ekiladigan ekin maydoni) aniqlanganini ma'lum qilişdi. Bu topilgan şolipoya sayyoramizda aniqlangan eng qadimgi şolipoya böldi.
Tszyansu viloyatining Sixun uyezdida, Sariq dengiz böyida aniqlangan şolipoya 100 kvadrat metrlik maydonga ega bölib, 10 kvadrat metrlik qismlarga bölib çiqilgan.
Olimlar u yerdan olingan tuproq namunalarini tahlil qilib, odamlar qadim vaqtlardayoq guruçni maqsadli ravişda yetiştirganliklari haqidagi xulosaga kelişdi. Olimlar bir qator qiziqarli topilmalarni, jumladan qadimdagi dehqonlar tomonidan yaratilgan suvni töplaş uçun öralar, ariqlar va suv qoçiradigan teşiklarni aniqlaşdi. Karbonlaştirilgan va xonakilaştirilgan guruç bu şolipoyaning yoşini aniqlaşga imkon berdi.
Institut direktori Lin Lyugenning "Sinxua" axborot agentligi muxbiriga ma'lum qilişiça, guruç Xitoyda 10 ming yil avvalroq östira boşlangan. Avvalroq boşqa olimlar 10 ming yillik karbonlaştirilgan guruçni aniqlaşgandi, biroq qadimiy şolipoyalar qoldiqlari juda kam uçraydi.











