2017 yilning 9 yanvarida birinçi iPhone smartfoni işlab çiqarilganining 10 yillik yubileyi nişonlanadi.
Şunça vaqt içida Apple kompaniyasida juda köp özgarişlar sodir böldi. EverythingApplePro videoblogi esa yillar oraliğida qurilmalarning işlaş tezligi va iPhone’ning yangi modellari qay darajada özgarganini körsatib berişga qaror qildi.
Tezlik böyiça ötkazilgan sinovda oldinroq çiqarilgan smartfonlar hamda yangi iPhone SE ham iştirok etdi. Natijalarga köra, avvalgi modellar ançayin tezkor işlaşi aniqlandi. Qurilmalar quvvat olib, yoqilganida, eng birinçi bölib, iPhone SE, keyin, iPhone 6s Plus va iPhone 6s işga tuşdi. Eng “keksa” smartfon iPhone 2G esa yettinçi bölib yoqildi va kuçliroq qurilmalarni ham ortda qoldirdi. iPhone 4S esa barça smartfonlardan keyin işga tuşgan.
Biroq birgina yoqilişning özi smartfonlar işlaş tezligining obektiv harakat körsatkiçi böla olmaydi. Bloger iPhone’ning barça qurilmalarini Geekbench 3 testida sinovdan ötkazdi. Bir yadroli va ikki yadroli rejimdagi eng kuçli smartfon 2550/4445 natija bilan yangi iPhone SE bölib çiqdi. iPhone 6s Plus - 2548/4423, iPhone 6s esa 2540/4398 balli körsatkiçni qayd etdi. Bu qurilmalar brauzer va HTML5 dagi işlab çiqariş böyiça ötkazilgan testda eng yaxşi uçlikka kirgan edi.
Sönggi uçta flagman eng baland dinamikalarga egaligi ham aniqlandi. Unda ham yetakçilik iPhone SE (iPhone SE - 99.6 DB, iPhone 6s - 97.8 DB va iPhone 6s Plus - 98.4 DB) qurilmasiga nasib etdi. iPhone 4S esa autsayderga aylandi. Mazkur 13ta qurilma işlaşini kuzatib, ança avvalgi modellar ravon işlaş böyiça sönggi flagmanlardan unça farq qilmasligiga guvoh böliş mumkin.











