16 maydan kiritilişi taqiqlangan Turkiya meva va sabzavotlari örni mahalliy mahsulotlar hamda MDH mamlakatlaridan amalga oşirilgan importlar orqali töldiriladi. Bu haqda Rossiya Federal antimonopoliya xizmati kimyoviy sanoat boşqarmasi raisi Anna Miroçeninko sözlariga tayanib Sputnik xabar qildi. 

12 may kuni Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat böyiça Federal xizmati ("Rosselxoznadzor") rahbari Sergey Dankvert mahkama duşanbadan boşlab Rossiyaga Turkiyadan fitosanitar talablarning tizimli buzilişi tufayli ruxsat etilgan mahsulotlar röyxatidagi barçasi – kabaçki (qovoqning mayda, uzun turi), limon hamda greypfrutlar kiritilişini taqiqlaş niyatida. Şu kundan latuk va “Aysberg” salat bargi kiritilişi ham man etiladi. Turkiyaning qator meva va sabzavotlari 1 yanvardayoq olib kirilişi taqiqlangan edi.

Rossiya Federatsiyasiga kiritilişi man etilgan meva va sabzavotlarning örnini töldiriş töğrisidagi savolga javob berar ekan Miroçinenko şunday dedi: “Ayni paytda ayrim mahsulotlar örnini bosiş uçun çora-tadbirlar körilganini e'tirof etiş lozim. Taqiqlangan mahsulotlarning örnini töldiriş borasida zamonaviy davlat siyosati bir neça yönalişlarda iş tutmoqda. Birinçidan, yangi yetkazib beruvçilar izlanmoqda, Özbekiston hamda boşqa MDH davlatlari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. Ikkinçidan, özimizda meva va sabzavotlar yetiştirişni rivojlantiriş”.