“Osiyo gavhari” deya e'tirof etiladigan Farğona viloyatida “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” şiori ostidagi yoşlar festivaliga start berildi. Oldinda farğonalik yoşlarni eksklyuziv uçraşuvlar, samarali va mazmunli loyihalar, viktorina va şou-dasturlar kutmoqda.
Ilk kunning özidayoq tarğibot guruhi vakillari Farğona şahrida joylaşgan “Muruvvat uyi” hamda imkoniyati çeklanganlar uçun maxsus kollejda “Heç kim mehr va e'tibordan çetda qolmasin!” loyihasi doirasida uçraşuv ötkazişdi. Kunning ikkinçi yarmida Al-Farğoniy istirohat boğida “Jaholatga qarşi ma'rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tuşunaman?” mavzusida ijodiy işlar tanlovi ötkazildi.
Tanlov ğoliblarini taqdirlaş davomidagi “Mustaqillik farzandlarimiz!” şiori ostidagi konsert dasturi yoşlarga çinakamiga xuşkayfiyat baxş etdi. Söngra, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanmiş “Yoşlar simfonik orkestri”ning “Bahor nafasi” nomli konserti orqali Farğona ahli çin san'at namunalaridan bahramand bölişga muyassar böldilar.

Ijodiy işlar ğoliblari taqdirlandi
Al-Farğoniy istirohat boğida “Jaholatga qarşi ma'rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tuşunaman” mavzusida ijodiy işlar tanlovi ötkazildi. Tanlov ğoliblarini taqdirlaş davomidagi “Mustaqillik farzandlarimiz!” şiori ostidagi konsert-dasturi yoşlarga çinakamiga xuşkayfiyat baxş etdi.



Yoşlar simfonik orkestridan musiqa keçasi
Markaziy Osiyoda yagona hisoblanmiş “Yoşlar simfonik orkestri”ning “Bahor nafasi” nomli konsert-dasturi orqali Farğona ahli çin san'at namunalaridan bahramand bölişga muyassar böldilar. Otabek Muhammadzohid talqinidagi “Fasli navbahor” taronasi bilan boşlangan dastur san'ati orqali jahonga maşhur bölgan Şirin Mamatova, Barno Ismatullayeva va boşqa opera xonandalarining jonli ijrolari bilan davom etdi. Özbek milliy kuy va qöşiqlari, jahon opera san'atining sara namunalaridan taşkil topgan dastur 5 000 kişini qamrab olgan Viloyat teatr-konsert saroyini haqiqiy musiqa keçasiga aylantirdi.
























