Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 11 may kuni «Özbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlar töğrisida»gi Qarorni imzolagan. Hujjat matni bugun Lex.uz portalida (pdf) e'lon qilindi.

ÖzMUni qayta taşkil etişdan közlangan maqsad «oliy ta'limni rivojlantirişning jahon tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş darajasi va sifatini tubdan özgartiriş», OTMning «ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlaş» va «öquv jarayonining ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan aloqalarini kuçaytiriş»dan iborat hisoblanadi.

Hujjatda ÖzMUning yangilangan taşkiliy tuzilmasi tasdiqlangan. Unga köra, OTMda geologiya va geografiya (1), fizika (2), biologiya (3), kimyo (4), matematika (5), xorijiy filologiya (6), tarix (7), iqtisodiyot (8), ijtimoiy fanlar (9) va jurnalistika (10) fakultetlari faoliyat körsatadi. 

Şuningdek, hujjatga muvofiq, Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti tugatiladi va uning binolariga Milliy universitet fizika fakultetining mutaxassislik kafedralari, laboratoriyalari, magistratura va doktorantura bölimlari joylaştiriladi. Böşatilgan binolar, laboratoriya va Yadro institutining boşqa mol-mulklari zaruriy rekonstruksiyalarni amalga oşiriş bilan keçuvçi ilmiy-ta'limiy jarayonlarni taşkil etiş uçun Milliy universitet hisobiga ötkaziladi.

Bundan taşqari, Yadro fizikasi institutining ilmiy-texnik loyihalari, konstruktor-texnologik işlanmalari va ilmiy jihozlari ularning talabçanligi va maqbulligini saqlab qoliş va ÖzMU Fizika fakultetining qayta taşkil etiladigan laboratoriyasiga yetkazilişi nuqtai nazaridan töliq inventarizatsiyadan ötkaziş vazifasi topşirildi.

2016-2017 yillarda Yadro fizikasi institutining 1956-1972 yillarda bunyod etilgan obektlarini kapital rekonstruksiya qiliş rejalaştirilgan. Xalqaro ilmiy konferensiya va seminarlar ötkaziş uçun zamonaviy infratuzilmalarni taşkil etiş, şu jumladan, 200 öringa ega konferens-zal va sobiq madaniyat uyi örnida 600 öringa ega zalli bino hamda taklif etilgan ilmiy xodimlar uçun 30 örinli mehmonxona tipidagi yotoqxonani bunyod etiş belgilangan.

1 iyuldan ÖzMU qoşidagi Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti bekor qilinib, uning barça ilmiy loyihalari, uskuna va boşqa mol-mulklari, zarurat tuğilgan taqdirda, Fizika fakultetiga taqdim etiladi.

Yadro fizikasi institutiga tegişli bölgan yadro reaktori hamda yadroviy va radiatsion xavfsizlik bilan boğliq boşqa obektlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoşida yangi taşkil etiladigan Radiatsion xavfsizlik markazi hisobiga ötkaziladi. Markazning vazifalari qatoriga MAGATE hamda mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda Yadro fizikasi instituti yadro reaktorini ekspluatatsiyadan çiqariş, mamlakat hududida radioaktiv materiallar omborxonalarini saqlaş, foydalaniş va yöq qiliş böyiça işlarni olib boriş, şuningdek, tozalaş xizmatlari faoliyatini taşkil etiş kabilar ham kiritildi.