Jamiyat | 14:48 / 22.05.2016
11309
1 daqiqa o‘qiladi
“Umidsiz uy bekasi” milliarderga turmushga chiqdi
“Tushkun uy bekalari” (“Otchayannyye domoxozyayki”) teleserialida Gabrieli Solis roli bilan mashhur aktrisa Yeva Longoriya hamda Lotin Amerikasidagi eng yirik Grupo Televisa mediaagentligi egasi Xose Antonio Baston Meksikada to‘y marosimi o‘tkazishdi. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.
Vale-de-Bravo shahridagi xususiy qarorgohda bo‘lib o‘tgan tantanada kelin ko‘ylak muallifi Viktoriya Bekhem turmush o‘rtog‘i Devid Bekhem bilan ishtirok etgan.