Özbekiston va Koreya Respublikasi boş vazirlari Şavkat Mirziyoyev hamda Hvan Gyo An 21 may kuni Qoraqalpoğistondagi Surğil koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilişi yakunlanişi va uning işga tuşirilişiga bağişlangan marosimda iştirok etdi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.
Ustyurtdagi marosimda sözga çiqar ekan, Özbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari rahbarlari gaz-kimyo majmuasining muvaffaqiyatli işga tuşirilişini ikki mamlakat hamkorligida muhim bosqiç deb atadi, qayd etdi Yonhap agentligi.
«Loyiha özida hamkorlikning yangi modelini taqdim etib, xom aşyo resurslarini eksport qilişdan birgalikda işlab çiqariş va taşqi bozorga yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlarni yetkazib berişni közda tutadi», — dedi Janubiy Koreya boş vaziri.
Umumiy qiymati 4 milliard dollarlik uşbu loyihaning amalga oşirilişi yiliga 4,5 milliard kub metr tabiiy gazni qayta işlaş hisobidan 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boşqa qimmatbaho mahsulotlar işlab çiqariş imkonini beradi.

Qurilişi 2012 yilda boşlangan Ustyurt gaz-kimyo majmuasida gazni taqsimlaydigan, etilen, polietilen, polipropilen işlab çiqaradigan va energiya manbalari bilan ta'minlaydigan jami beşta zavod, şuningdek, zamonaviy infratuzilma obektlari barpo etilgan. Ular dunyodagi eng zamonaviy yuqori texnologiyalar bilan ta'minlangan, eng sönggi rusumdagi uskunalar örnatilgan. Majmuada 1300 ga yaqin mutaxassis faoliyat körsatmoqda.

Ustyurt gaz-kimyo majmuasida mahsulot işlab çiqariş jarayoni sinov tariqasida ötgan yili boşlangan edi. 2015 yilda 54,9 ming tonnadan ziyod suyultirilgan uglevodorod gazi, 34 ming tonnadan ortiq gaz kondensati işlab çiqarildi. Magistral gaz quvurlariga 1,8 milliard kub metrdan ortiq etan va gaz, «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati energiya tizimiga 87,5 ming megavattdan ziyod elektr energiyasi yetkazib berildi. Ayni paytda piroliz distillyati Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga benzin tayyorlaş uçun yuborilmoqda. Polietilen va polipropilen qator xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Şu kunga qadar qariyb 150 million dollarlik 186 ming tonnadan ortiq polietilen va polipropilen Markaziy va Şarqiy Osiyo, MDH va Yevropa mamlakatlariga jönatildi. Ma'lumotlarga köra, 2020 yilga borib polietilen işlab çiqariş hajmi 4,1 barobar oşadi.













